― 6 февраля 2025 г.
TÜRKSOY Bosh kotibi Sulton Raev 6-fevral ofat qurbonlarini yod etish va birdamlik kunini esladi
2023-yil 6-fevral kuni sodir bo‘lgan va katta fojialarga sabab bo‘lgan zilzilalar natijasida hayotdan ko‘z yumgan birodarlarimizni rahmat ila yod etamiz. Ularning oilalariga va yaqinlariga yana bir bor chuqur hamdardlik bildiramiz.
Turk dunyosi ushbu og‘ir kunlarda ko‘rsatgan birdamlik va birodarlik ruhi orqali o‘zining mustahkamligini yana bir bor namoyon etdi. Turk Davlatlari Tashkiloti (TDT) davlat rahbarlari tomonidan e’lon qilingan “6-fevral ofat qurbonlarini yod etish va birdamlik kuni” yo‘qotgan aziz insonlarimiz xotirasini e’zozlash va zilzila fojiasining yaralarini birgalikda bartaraf etish yo‘lidagi umumiy xotiramizda muhim o‘rin egallaydi.
TÜRKSOY sifatida ushbu ma’nodor kunda zilzila qurbonlarini chuqur hurmat bilan yod etamiz hamda ofatdan jabr ko‘rganlarning yonida ekanimizni yana bir bor ta’kidlaymiz. Turk dunyosining birdamlik va hamjihatlik ruhi doimo bizga kuch va umid manbai bo‘lib qoladi.
Sulton Raev
TÜRKSOY Bosh kotibi