IMG_9688
22 апреля 2025 г.

TÜRKSOY Bosh kotibi Sultan Raev Qozog‘istonlik mashhur yozuvchi Akim Tarazining vafoti munosabati bilan ta’ziya bayonoti yo‘lladi

22 апреля 2025 г.

TÜRKSOY Bosh kotibi Sultan Raev Qozog‘istonlik mashhur yozuvchi Akim Tarazining vafoti munosabati bilan ta’ziya bayonoti yo‘lladi

 

Qozog‘iston adabiyotining ulug‘ chinori, taniqli yozuvchi, Qozog‘iston Qahramoni, Davlat mukofoti sohibi, mumtoz adib Akim Tarazining vafoti barchamiz uchun chuqur qayg‘u va iztirob uyg‘otdi.

 

Akim Urtayuli Tarazi Qozog‘iston nasri rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan, ko‘plab avlodlarga ma’naviy nur baxsh etgan so‘z san’atining zabardast vakili edi. Uning “Құйрықты жұлдыз” (“Quyrukli yulduz”), “Бұлтқа салған ұя” (“Bulutga qurilgan uy”), “Тасжарған” (“Toshjargan”), “Қорқау жұлдыз” (“Yirtqich yulduz”), “Қиянат” (“Xiyonat”), “Мұстафа Шоқай” (“Mustafa Chokay”) kabi romanlari bugun Turk dunyosi adabiyotining bebaho boyliklari qatoridan mustahkam o‘rin olgan.

 

Muallifning kino va teatr san’atiga qo‘shgan hissasi ham alohida e’tiborga loyiq. “Қараш-Қараш” (“Qarash-Qarash”), “Мұстафа Шоқай” (“Mustafa Chokay”) kabi filmlar, shuningdek “Күлмейтін комедия” (“Kulmaydigan komediya”), “Ақын, періште, махаббат” (“Shoir, farishta, muhabbat”), “Махамбет” (“Maxambet”) kabi sahna asarlari uning badiiy salohiyati va fikriy teranligini yaqqol namoyon etadi.

 

“Adabiyotning buyuk ustozlaridan biri” sifatida yodga olinayotgan bu ulug‘ siymoning boy ijodiy merosi xalqimizning bebaho ma’naviy mulkidir. Uning porloq siymosi, yuksak badiiyati qalblarimizda mangu yashaydi.

 

Ushbu og‘ir yo‘qotish munosabati bilan marhumning oila a’zolari, yaqinlari, ijodiy hamkorlari va butun Turk dunyosiga chuqur ta’ziya va hamdardligimni bildiraman.


Turk dunyosining boshi sog‘ bo‘lsin. Ruhu shod, makoni jannat bo‘lsin.

 

Sultan Raev
TÜRKSOY Bosh kotibi

 

 

© 2022 TÜRKSOY - Barcha huquqlar himoyalangan