WhatsApp Image 2025-04-25 at 13.00.52
25 апреля 2025 г.

Turk dunyosi ayol rassomlari Toshkentda uchrashdi

25 апреля 2025 г.

Turk dunyosi ayol rassomlari Toshkentda uchrashdi

 

Xalqaro Toshkent Tasviriy San’at Festivali doirasida, TÜRKSOY ko‘magida tashkil etilgan “Turk Dunosi Ayol Rassomlari Ko‘rgazmasi” 2025-yil 22–25-aprel kunlari O‘zbekiston poytaxti Toshkent shahrida san’atsevarlarga taqdim etildi. O‘tgan yili ilk marotaba Qirg‘izistonning Bishkek shahrida o‘tkazilgan ushbu ko‘rgazmaga bu yil O‘zbekiston mezbonlik qildi.

 

TÜRKSOY Bosh kotibi Sulton Raev tashabbusi bilan yo‘lga qo‘yilgan va an’anaviy tus olishi rejalashtirilgan ushbu loyihada TÜRKSOYga a’zo davlatlardan taniqli ayol rassomlar ishtirok etdi. Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkiya, Turkmaniston va mezbon O‘zbekistondan 21 nafar rassom o‘z asarlarini san’atsevarlar e’tiboriga havola etdi.

 

Toshkent Badiiy Akademiyasi hamkorligida tashkil etilgan ko‘rgazmaning yakuniy marosimida TÜRKSOY Bosh kotibi Sulton Raev, O‘zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov, Badiiy Akademiya raisi Akmal Nur hamda ko‘plab san’atsevarlar ishtirok etdi.

 

Marosimda so‘zga chiqqan TÜRKSOY Bosh kotibi Sulton Raev quyidagilarni ta’kidladi:

 

“TÜRKSOY sifatida biz madaniyat va san’at sohasida olib borayotgan keng qamrovli faoliyatimiz orqali Turk dunyosining umumiy qadriyatlarini xalqaro miqyosda targ‘ib etishni davom ettirmoqdamiz. 2025-yil Turk dunyosi madaniyat poytaxti – Aktovda bo‘lib o‘tgan tantanali ochilishdan so‘ng, Toshkentda ayol rassomlarimizning madaniy aloqalarni yanada mustahkamlashi bizni quvontirdi.


Ushbu ko‘rgazmaning tashkil etilishida katta hissa qo‘shgan O‘zbekiston madaniyat va san’at vaziri Ozodbek Nazarbekovga alohida minnatdorchilik bildiraman. Bishkekda boshlangan bu go‘zal an’ananing Toshkentda davom etayotgani biz uchun faxr manbaidir.”

Sulton Raev nutqidan so‘ng ko‘rgazmada ishtirok etgan rassomlarga va loyihani qo‘llab-quvvatlagan tashkilotlarga minnatdorchilik sertifikatlarini topshirdi. Shuningdek, Ozarbayjon madaniyat vazirligi bilan erishilgan kelishuvga ko‘ra, 2026-yilda Turk Dunosi Ayol Rassomlari Ko‘rgazmasi Boku shahrida o‘tkazilishi va bu loyiha TÜRKSOYning an’anaviy faoliyatlar qatoriga kiritilishi haqida xushxabar berdi.

 

O‘zbekiston Badiiy Akademiyasi raisi Akmal Nur ham so‘zga chiqib, Turk dunyosi madaniy birdamligiga qo‘shilgan hissadan faxrlanishini bildirdi va Sulton Raevga minnatdorchilik sertifikati topshirdi.

 

Ko‘rgazma davomida Toshkentni ziyorat qilgan san’atsevarlar ayol rassomlar ijodini katta qiziqish bilan tomosha qildilar va Turk dunyosining zamonaviy san’atdagi mushtarak ruhini yaqindan his qilish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.


Tadbir TRT Avaz telekanali va O‘zbekiston OAVlari tomonidan keng yoritildi va Toshkent Tasviriy San’at Festivalining eng e’tiborga molik dasturlaridan biriga aylandi.

 

Turk Dunosi Ayol Rassomlari Ko‘rgazmasi ishtirokchilari:

 

O‘zbekiston:


 Shaxnoz Abdullayeva
 Sarvinoz Qosimova
 Marina Borodina
 Tatyana Fadeeva

Leyla Basharova

Ludviga Nesterovich
 Sharifa Sharafxo‘jayeva
 Edie Yagly
 Maftuna Sadullaeva
 Dilnoza Narzullaeva

 

Ozarbayjon:


 Nargiz Guliyeva
 Irina Eldarova

 

Qozog‘iston:


 Asiya Xairulina
 Nargiz Alib
 Guljanat Qabijanova

 

Qirg‘iziston:


  Cholpon Tentieva
 Poza Jangarachyeva

 

Turkmaniston:


 Guncha Gochmiradova
 Xatija Amansaxodova

 

Turkiya:


 Halime Türkyılmaz
 Burcu Günay

Media galereyasi

WhatsApp Image 2025-04-25 at 12.52.02
WhatsApp Image 2025-04-25 at 13.47.02
WhatsApp Image 2025-04-25 at 13.43.36
WhatsApp Image 2025-04-25 at 13.01.43
WhatsApp Image 2025-04-25 at 13.01.38
WhatsApp Image 2025-04-25 at 13.01.31
WhatsApp Image 2025-04-25 at 13.01.35
WhatsApp Image 2025-04-25 at 13.00.51
WhatsApp Image 2025-04-25 at 13.00.52
WhatsApp Image 2025-04-25 at 13.00.50
WhatsApp Image 2025-04-25 at 13.00.48
WhatsApp Image 2025-04-25 at 13.00.47
WhatsApp Image 2025-04-25 at 13.00.36
WhatsApp Image 2025-04-25 at 12.59.43
WhatsApp Image 2025-04-25 at 12.58.35
WhatsApp Image 2025-04-25 at 12.59.22
WhatsApp Image 2025-04-25 at 12.58.31
WhatsApp Image 2025-04-25 at 12.58.33
WhatsApp Image 2025-04-25 at 12.58.29
WhatsApp Image 2025-04-25 at 12.58.27
WhatsApp Image 2025-04-25 at 12.58.25
WhatsApp Image 2025-04-25 at 12.58.24
WhatsApp Image 2025-04-25 at 12.57.59
WhatsApp Image 2025-04-25 at 12.57.58
WhatsApp Image 2025-04-25 at 12.56.32
WhatsApp Image 2025-04-25 at 12.56.30
WhatsApp Image 2025-04-25 at 12.56.29
WhatsApp Image 2025-04-25 at 12.56.12

© 2022 TÜRKSOY - Barcha huquqlar himoyalangan