IMG_9810
25 апреля 2025 г.

Sulton Raev Ostona shahrida “TÜRKSOY Grand Prix” mukofotini topshirdi

25 апреля 2025 г.

Sulton Raev Ostona shahrida “TÜRKSOY Grand Prix” mukofotini topshirdi

 

2025-yil 23–27-aprel kunlari Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan “Astana Eurasian Book Fair-2025” VIII Xalqaro kitob yarmarkasi doirasida “Atamura” nashriyoti yana bir xalqaro mukofotga sazovor bo‘ldi.

 

Bu safar nashriyot “Kiyiz uy” kitobi uchun “TÜRKSOY Grand Prix” mukofotini qo‘lga kiritdi. Mazkur mukofot adabiyot va milliy madaniyatni targ‘ib etishdagi alohida hissasi uchun taqdim etildi.

 

Mukofotni tantanali ravishda TÜRKSOY Bosh kotibi Sulton Raev “Atamura” nashriyoti prezidenti Raqimg‘ali Abrar o‘g‘li Qul-Muhammedga topshirdi.

 

Bu e’tirof — milliy qadriyatlarni asrash va targ‘ib etishga qaratilgan samarali mehnat, shuningdek muallif va nashriyot jamoasining o‘zaro hamjihatlikdagi yutug‘i sifatida qadrlanmoqda.

 

 

Media galereyasi

IMG_9811
IMG_9812

© 2022 TÜRKSOY - Barcha huquqlar himoyalangan