47bd5f98-4f49-46e7-be1d-52a5a243c26e
25 апреля 2025 г.

Sulton Raev Akim Tarazini so‘nggi safarga kuzatish marosimida ishtirok etdi

25 апреля 2025 г.

Sulton Raev Akim Tarazini so‘nggi safarga kuzatish marosimida ishtirok etdi

 

Ostonada taniqli qozog‘istonlik yozuvchi va dramaturg Akim Tarazini so‘nggi safarga kuzatish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning ta’ziya maktubi o‘qib eshittirildi.

 

Marosimda Qozog‘iston Respublikasi Senati raisi Maulen Ashimbayev, Majlisi raisi Erlan Qoshanov, Xalqaro TÜRKSOY Turk madaniyati tashkiloti Bosh kotibi Sulton Raev, ziyolilar, ijodiy jamoalar va jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

 

O‘z nutqida Sulton Raev Akim Tarazining turkiy va jahon madaniyatiga qo‘shgan ulkan hissasini ta’kidlab, uning milliy kino va dramaturgiya rivojiga qo‘shgan beqiyos xizmatlarini yuksak baholadi. U, shuningdek, Akim Tarazi o‘zining boy adabiy merosi bilan kelajak avlodlarga bebaho xazina qoldirganini alohida qayd etdi.

 

Akim Tarazi — Qozog‘iston Davlat mukofoti sovrindori, Qozog‘iston Respublikasining xizmat ko‘rsatgan arbobi edi.
Uning “Quyruqli yulduz”, “Bulutga qurilgan uy”, “Tosjargan”, “Yovvoyi yulduz”, “Xiyonat”, “Mustafa Chuqay” kabi romanlari milliy adabiyotning nodir durdonalaridan hisoblanadi.

 

Yozuvchining kinematografiya va teatr san’atiga qo‘shgan hissasi ham alohida e’tiborga loyiq. “Qarash-Qarash”, “Mustafa Chuqay” kabi filmlar hamda “Kulmaydigan komediya”, “Shoir, farishta va muhabbat”, “Maqambet” kabi pyesalar uning badiiy mahorati va chuqur tafakkurini yaqqol aks ettiradi.

 

 

Media galereyasi

b994ffb7-3bb9-42d8-b473-5be6a1438be0

© 2022 TÜRKSOY - Barcha huquqlar himoyalangan