7bb178c3-93df-4ed9-a9cf-fe27bed6077e
23 апреля 2025 г.

Istanbuldagi Atatürk madaniyat markazida “Zamon qahramonlari” raqs festivali bo‘lib o‘tdi

23 апреля 2025 г.

Istanbuldagi Atatürk madaniyat markazida “Zamon qahramonlari” raqs festivali bo‘lib o‘tdi

 

2025-yil 23-aprel kuni Istanbuldagi Atatürk madaniyat markazida “Zamon qahramonlari” nomli raqs festivali tantanali tarzda bo‘lib o‘tdi.

Tadbir Turkiya Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi hamda Xalqaro Turk madaniyati tashkiloti — TÜRKSOY hamkorligida tashkil etildi. Festival doirasida Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tatariston kabi mamlakatlardan tashrif buyurgan 100 nafardan ortiq bolalar sahnada o‘z chiqishlarini namoyish etdilar.

 

Tatar, Ozarbayjon, O‘zbekiston, Kavkaz, Xatay va Van mintaqalariga xos bo‘lgan rang-barang folklor raqslar tomoshabinlar tomonidan katta qiziqish va iliq taassurot bilan qarshi olindi.

 

Festival 23-aprel — Turkiyada keng nishonlanadigan Milliy suverenitet va bolalar bayrami munosabati bilan o‘tkazildi va ushbu tarixiy sana munosib ruhda bayramona shukuh bilan nishonlandi.

 

 

Media galereyasi

IMG_9724
d4966f9d-a4a9-4808-ad22-862b560f618a
e5da40c1-ffa8-4c95-8db2-e6df5195a5e7
ab7c4494-a7fb-47c0-9327-182db5d58f63
643f1ec4-09b8-48c3-a6dd-1494e649bc15

© 2022 TÜRKSOY - Barcha huquqlar himoyalangan