DSC_0755.JPG
8 марта 2025 г.

Eskishahirda Turk dunyosi milliy ayollar kiyimlari ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi

8 марта 2025 г.

Eskishahirda Turk dunyosi milliy ayollar kiyimlari ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi

 

8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Eskishahir Anadolu Universiteti Turk dunyosi tadqiqot va amaliyot markazida Turk dunyosi milliy ayollar kiyimlari ko‘rgazmasi tashkil etildi.

 

Ko‘rgazmaning ochilish marosimida Ahmad Yassaviy universiteti tarkibidagi Yassaviy san’at jamoasi ijrochilari Turk dunyosi musiqalaridan namunalar taqdim etdi. TÜRKSOY va Anadolu Universiteti rektorligi hamkorligida o‘tkazilgan ushbu tadbirning ochilish marosimida Anadolu Universiteti Turk dunyosi tadqiqot va amaliyot markazi rahbari dotsent, doktor Aysel Kaya so‘zga chiqib, ushbu tadbirni tashkil etishda katta xizmat qilgan TÜRKSOY Bosh kotibi Sultan Raevga minnatdorlik bildirdi.

 

“Bugun, 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kunini nishonlash va sharaflash maqsadida bir joyga jam bo‘ldik. Turk dunyosi tadqiqot va amaliyot markazi sifatida biz Yassaviy san’at jamoasining Turk dunyosi konserti va madaniy merosimizni aks ettiruvchi Milliy ayollar kiyimlari ko‘rgazmasini tashkil etishdan mamnunmiz”, dedi u.

Shundan so‘ng, TÜRKSOY vakili Guler Fedai sahnaga taklif etilib, tadbir ishtirokchilarini TÜRKSOY Bosh kotibi Sultan Raev nomidan qutladi. O‘z nutqida u TÜRKSOYning tashkil topgan sanasi, a’zo davlatlari va maqsadlari haqida qisqacha ma’lumot berib o‘tdi. Shuningdek, TÜRKSOYning muhim loyihalaridan biri – fotografchilar uchrashuvlari haqida so‘z yuritib, ushbu uchrashuvlar natijasida olingan suratlar albom shaklida jamlanib, ham Turkiyada, ham a’zo davlatlarda ko‘rgazma sifatida namoyish etilishini ta’kidladi.

 

“Turkiyaning nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri – Eskishahir Anadolu Universitetida 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlab tashkil etilgan ushbu ko‘rgazmaga xush kelibsiz! Ayollar – bizni tarbiyalagan, hayotga tayyorlagan, mehr-muhabbatini ayamagan fidokor insonlardir. Shu fursatdan foydalanib, barcha xotin-qizlarimizni ushbu bayram bilan samimiy muborakbod etaman. Ularning har biriga sihat-salomatlik, baxt va farovonlik tilayman. Ushbu go‘zal ko‘rgazmani Eskişehirda san’at ixlosmandlariga taqdim etish imkonini bergan Anadolu Universiteti rektorligiga, Turk dunyosi tadqiqot va amaliyot markaziga hamda Yassaviy san’at jamoasiga minnatdorlik bildiraman. Umid qilamizki, bu hamkorlik kelajakda ham davom etadi”, – dedi Guler Fedai.

Ochilish nutqlaridan so‘ng, TÜRKSOY Axborot va aloqa bo'limi xodimi Sag‘inish Nazar foto ko‘rgazmani tanishtirib, mehmonlarga milliy kiyimlar haqida batafsil ma’lumot berdi.

 

Ko‘rgazma ekskursiyasi yakunlangach, Yassaviy san’at jamoasi o‘z chiqishini “Olti davlat – bir millat” deb nomlangan musiqiy asar bilan boshladi. Keyin Nog‘ay marsh yoki Chingizxon marshi deb ataladigan, ba’zi manbalarga ko‘ra G‘o‘kturklarning jangovar marshi sifatida tanilgan “Dombra” asari ijro etildi. Shundan so‘ng, qozoq va qirg‘iz milliy raqslari namoyish qilindi. Ayimgul Bissembayeva Dauletkereyning “Ko‘ro‘g‘li” asarini dombra chalib ijro etdi. Tadbir davomida Qirg‘iziston Xalq artisti Gulira Qasymqulova “Sari Oy” qo‘shig‘ini kuyladi. Konsert yakunida esa Qozoqistonlik xonanda Malika Aldamjarova sahnaga chiqdi.

 

Tadbir yakunida TÜRKSOY Madaniyat va san’at departamenti rahbari v. b. Guler Fedai, Turk dunyosi tadqiqot va amaliyot markazi rahbari dotsent, doktor Aysel Kaya va Ahmad Yassaviy universiteti huzuridagi Yassaviy san’at jamoasi bosh san’at rahbari Hülya Metinga TÜRKSOY esdalik sovg‘alarini topshirdi.

 

Media galereyasi

DSC_0853.JPG
DSC_0851.JPG
DSC_0842.JPG
DSC_0840.JPG
DSC_0824.JPG
DSC_0783.JPG
DSC_0770.JPG
DSC_0724.JPG
DSC_0716.JPG
DSC_0668.JPG
DSC_0653.JPG
DSC_0652.JPG
DSC_0641.JPG
DSC_0637.JPG
DSC_0629.JPG
DSC_0608.JPG
DSC_0622.JPG
DSC_0607.JPG
DSC_0602.JPG
DSC_0593.JPG
DSC_0582.JPG
DSC_0581.JPG
DSC_0567.JPG
DSC_0559.JPG
DSC_0555.JPG

© 2022 TÜRKSOY - Barcha huquqlar himoyalangan