polad_bulbuloglu_081220
4 февраля 2025 г.

Bosh kotib Raev Polad Bülbüloğluning 80 yillik yubileyi munosabati bilan tabrik yo‘lladi

4 февраля 2025 г.

Bosh kotib Raev Polad Bülbüloğluning 80 yillik yubileyi munosabati bilan tabrik yo‘lladi

 

Hurmatli Polad Bülbüloğlu,

 

Siz Turk madaniyati va san’atining fidoyi vakili, TÜRKSOYning asoschilaridan biri va uning birinchi bosh kotibi sifatida Turk dunyosining madaniy merosini asrash, uni keng targ‘ib qilish va kelgusi avlodlarga yetkazish yo‘lida ulkan xizmatlar qildingiz. Bu fidokorligingiz bugun ham biz uchun faxr manbai bo‘lib qolmoqda. Siz nafaqat tajribali davlat arbobi, balki Turk musiqasining betakror ovozi, san’at va madaniyatning birlashtiruvchi kuchining ramzisiz.

 

TÜRKSOY tashkil topganidan buyon Turk xalqlari o‘rtasidagi birodarlik rishtalarini mustahkamlash, umumiy madaniy qadriyatlarimizni jahon sahnasiga olib chiqish va san’atning umumbashariy tili orqali xalqlarimizni yaqinlashtirish yo‘lida ulkan mehnat qildingiz. Bugun bu ezgu sa’y-harakatlaringiz samaralarini ko‘rib, aynan siz asos solgan yo‘ldan borayotganimizdan g‘ururlanamiz.

Sizni 80 yillik yubileyingiz bilan samimiy tabriklab, mustahkam sog‘liq, baxt va farovonlik tilaymiz. Turk dunyosining birligi va madaniy boyligini mustahkamlash yo‘lidagi xizmatlaringiz biz uchun har doim ilhom manbai bo‘lib qoladi.

 

Uzoq yillar  baxtli  hayot kech'r'ng, hurmatli Polad Bülbüloğlu!

 

Hurmat va ehtirom bilan,

Sulton Raev
TÜRKSOY Bosh kotibi

Media galereyasi

WhatsApp Image 2025-02-04 at 14.22.32

© 2022 TÜRKSOY - Barcha huquqlar himoyalangan